

Musobaqa jadvalida 3 va 7-o'rinlarni egallab turgan jamoalar o'rtasidagi bahs murosasiz bo'lishi kutilgandi. O'yinning ilk daqiqalarida tashabbus ko'rsatgan "buqalar" yakunda 3 ochkolik bo'lishdi. Uchrashuv taqdirini qishda "Leyptsig" tarkibiga qo'shilgan Dani Olmoning 9 va 11-daqiqalarda urilgan gollari hal qildi.
Germaniya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.
"Xoffenxaym" – "RB Leyptsig" 0:2
12 iyun, 23.30, "PreZero-Arena"
Gollar:
0:1 – 9 Olmo, 0:2 – 11 Olmo.
"Xoffenxaym" – Baumann, Kaderjabek, Posh, Bichakchich, Cuber (Skov, 46), Grillich, Samasseku (Kramarich, 46), Baumgartner (Bruun Larsen, 68), Rudi, Gayger (Akpoguma, 81), Dabbur (Bebu, 62).
"RB Leyptsig" – Gulachi, Anxelino, Xalstenberg, Mukiele, Klostermann, Laymer (Nkunku, 62), Zabitcer (Konate, 78), Kampl (Adams, 68), Olmo (Aydara, 78), Verner, Shik (Lukman, 68).
Ogohlantirishlar:
Samasseku (3), Klostermann (26), Cuber (33), Nkunku (75).




