"CAFA Womenʼs Futsal Championship-2023". Tojikiston uchinchi bo'ldi

Toshkentda "CAFA Womenʼs Futsal Championship-2023" turnirining oxirgi tur bahslari o'tkazilmoqda.

Kun doirasidagi dastlabki o'yinda Qirg'iz Respublikasi ustidan 4:2 hisobida zafar quchgan tojikistonlik qizlar musobaqani 3-o'rin bilan yakunlashdi. Guruhdagi barcha o'yinlarni yutqazgan qirg'izlar esa oxirgi pog'onaga joylashishdi. 

Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar dastlabki 2 turni O'zbekiston hamda Eron terma jamoalariga boy berib qo'yishgan edi. Musobaqa g'olibini aniqlab beruvchi so'nggi uchrashuv birozdan keyin poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida start oladi.

3-tur, 17:00

O'zbekiston - Eron


Manba: championat.asia