

"Tottenxem" avvalroq 21 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edi. TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, "Chelsi" ham hujumchiga qiziqish bildirmoqda. Narx Londonning ikkala giganti uchun ham muammo bo'lishi mumkin: ispaniyalikning shartnomasida 100 million evro miqdoridagi tovon puli bor va "Portu" o'zining asosiy o'yinchisini arzonroqqa sotishni istamaydi.
Samu Agexova bu mavsumda "ajdarlar" safida o'nta o'yinda sakkizta gol urdi.




