

Ma'lum bo'lishicha, Dan Petresku ustozlik qilayotgan "Czyansu Saynti" yarim himoyachi uchun londonliklarga 100 mln. evro taklif qilgan. Inglizlar rad javobini berishdi, ammo ma'lumotlarga ko'ra, xitoyliklar tomoni Oskar borasida yozda ham taklif yubormoqchi. Oldinroq "Czyansu Saynti" 26 mln. evroga Ramiresni va 50 mln. evroga Aleks Teysheyrani xarid qilgan edi.



