"Chelsi" Andey Santosni "Palmeyras"ga ijaraga berdi

London klubi futbolchisi Andey Santosni ijara asosida Braziliyaga jo'natib yubordi.

Qishki transferlar oynasi davomida "Vasko da Gama"dan "Chelsi"ga kelib qo'shilgan Santos Braziliyaning "Palmeyras" klubiga ijara shartnomasi asosida berib yuborildi. Ushbu bitim 2023 yilning dekabr oyigacha amal qiladi, shuningdek, "ko'klar" iyun oyida 1,5 mln evro evaziga shartnomani bekor qila oladi.

Avvalroq 18 yoshli yarim himoyachi Angliyada ishlash uchun ruxsatnoma olmagani ma'lum qilingandi. 

2022 yilda Santos Braziliya B Seriyasida 33 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 9 bor sariq qartochka bilan ogohlantirildi. U Braziliya U-20 termasida 4 ta o'yinda 2 ta to'p kiritdi.


Manba: twitter.com/FabrizioRomano