“Chelsi” “Arsenal” bilan Oksleyd-Chemberlen masalasida kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
28 avg 2017
“Chelsi” klubi Londonning yana bir jamoasi “Arsenal” bilan yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlenning transferi bo'yicha kelishib oldi.

Britaniyaning Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko'ra, 24 yoshli futbolchi uchun Antonio Konte boshchiligidagi “Chelsi” 35 million funt sterling to'laydi.

Shu kunlarda Oksleyd-Chemberlen Angliya terma jamoasi mashg'ulotlarida bo'lib turibdi va tez orada aynan shu yerda tibbiy ko'rikdan o'tadi. Avvalroq, Chemberlen “Arsenal”ning haftasiga 180 000 funt sterlinglik maoshini rad etgandi. 




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports