"Chelsi" Barkli kyetishi uchun to'lashga tayyor

Alisher
28 avg 2022
"Chelsi" transfer oynasi so'nggiga qadar yarim himoyachi Ross Barkli bilan xayrlashmoqchi va klubdan kyetishi uchun tovon puli taklif qilishi mumkin.

28 yoshli angliyalik futbolchi so'nggi ikki mavsum "Chelsi"da kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda.

Yarim himoyachining "ko'klar" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali o'yinchini 12 million evroga baholamoqda.

Barkli o'tgan mavsum "Chelsi" tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun