“Chelsi” Batshuayidan qutulishga qaror qildi

Mishi London klubiga kerak emas.

Qayd etilishicha, “Chelsi” yozgi transferlar vaqtida Mishi Batshuayiga yangi klub topishga va uni sotib yuborishga jiddiy harakat qiladi. Mishi londonliklarning asosiy hujumchisiga aylana olmadi. Jamoa ustozi Frenk Lempard ham uning kyetishiga qarshi emas. Ma'lum bo'lishicha, hujumchi APLda qoladi. Faqat hozircha uning qaysi klubga o'tishi aniq emas.

Belgiyalik 26 yoshli futbolchi joriy mavsum “Chelsi” safida APLning 16 ta o'yinida qatnashib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.


Manba: HLN Sport