"Chelsi" "Milan" yarim himoyachisini qo'lga kiritmoqchi

Alisher Ostonov
17 avg 2025
"Chelsi" "Milan"ning amerikalik yarim himoyachisi Yunus Musani o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Qayd etilishicha, "ko'klar"ga futbolchi uchun kurashda "Nottingem Forest" raqobatchi bo'lishga tayyor. Italiya klubi Musa bo'yicha takliflarni eshitishga tayyor. Amerikalik futbolchi 2023 yildan beri "Milan" sharafini himoya qilmoqda.

Yarim himoyachi umumiy hisobda italiyaliklar safida 80 ta o'yin o'tkazib, ularda beshta assist qayd etdi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: telegraph.co.uk