

Bu haqida TyC Sports xabar bermoqda. Manbaning xabariga ko'ra, London klubi mutaxassis bilan muzokaralarni boshlab yuborgan va yangi mavsumda aynan Galyardo "aristokratlar" murabbiyi bo'lishi ehtimoli yuqori. Galyardo jamoaga kelganidan 8 yil o'tib, kuzda "River"ni tark etgandi.
Avvalroq, Frenk Lempard mavsum oxiriga qadar "Chelsi"ni boshqarishi ma'lum bo'lgandi.



