Chiliga qarshi uchrashuvda jarohat olgan Messining ahvoli ma'lum

Khoja
29 iyun 2024
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining jarohati haqida ma'lumot berildi.

 Hujumchi Chiliga qarshi uchrashuvda jiddiy jarohatdan saqlanib qolgan, biroq u bir necha kun dam olishi kerakligi haqida ma'lum qilingan. Messi Kopa Amerikaning uchinchi turida maydonga tushmaydi va jamoasiga chorak finaldan yana yordam berishi mumkin.

Messi ayni kunlarda davom etayotgan Kopa Amerika musobaqasining har ikki uchrashuvida maydonda tushdi va uning hisobida ikkita assist bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com