SSKA Fayzullaev uchun to'liq to'lovni kutmoqda

Sherzod Nurmatov
5 avg 2025
SSKA kommunikaciyalar direktori Kirill Breydo yarim himoyachi Abbos Fayzullaevning transfer to'lovi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.

Iyul oyi oxirida O'zbekiston terma jamoasining 21 yoshli futbolchisi Moskva klubidan "Istanbul Bashakshehir" klubiga ko'chib o'tgani ma'lum bo'ldi. Turkiya matbuoti xabariga ko'ra, kelishuv 7 million evroga teng bo'lgan.

"Abbosning misolida biz uchun mutlaq moliyaviy kafolatlar nihoyatda muhim... Yaqin kelajakda "Istanbul Bashakshehir" transfer uchun SSKAga to'liq summani to'lashi kerak", – dedi Breydo.

Fayzullaev "qizil-ko'klar" safida 2023 yildan buyon o'ynab kelayotgandi. SSKA tarkibida u RPLning bronza medali sohibiga aylandi, shuningdek, Rossiya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.

Avvlroq Fayzullaev Konferenciyalar Ligasi uchrashuvini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Матч ТВ