Damir Temirov "Andijon" muxlislariga iltimos bilan chiqdi

Khoja
9 avg 2025
Ikkinchi davrani ajoyib boshlagan Damir Temirov “Nasaf”ga qarshi bahsdan keyin bir qator savollarga javob qaytardi.

- Damir "Andijon" safarda "Nasaf"ga qarshi o'yinda durang natija qayd etdi. Mazkur uchrashuv qanday taassurot qoldirdi?

- Avvalambor, muxlislarimizga katta rahmat aytaman. Shuncha yo'l bosib kelib, bizni butun uchrashuv davomida qo'llab-quvvatlashdi. Juda zo'r o'yin bo'ldi. G'alaba qozonib kyetishimiz ham yoki yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi. 

- Umuman, natijadan qoniqish hosil qildingizmi?

- 50x50 qoniqdim. Menimcha, amaldagi chempionga qarshi safardagi durang yomon natija emas.

- Keyingi turda vodiy derbisi Andijonda bo'ladi. Bo'lajak o'yin oldidan nima deya olasiz?

- Muxlislarimizga iltimosim bor: “Bobur arena”ga kelib stadiondagi muhitni har doimgidek “yondiringlar”, o'yin ham “yonadi”!

- Ikkinchi davrani jamoa yaxshi boshladi. E'tiborlisi, siz ikkita o'yinda 3 ta gol urdingiz. Buni kutganmidingiz?

- Har doim niyatni katta qilib, Yaratganga tavakkal qilaman.

- Ikkinchi davrada jamoa ancha o'zgargani bilinib turibdi. Sizda ham yangicha ishtiyoq paydo bo'lgan, shunday emasmi?

- Xudoga shukr, hammasi yaxshi ketmoqda. Xudo xohlasa, shu ruhda davom ettiramiz va maqsadlarimizga erishamiz.


KhojaMuallif
Manba: @andijonpfc