De Bryoyne APL tarixidagi eng yaxshi assistentlar o'nligiga kirdi

Eldor Akmurzayev
27 fev 2021
Angliya chempionati 26-turida “Man Siti” o'z maydonida “Vest Xem”ni (2:1) taslim etdi.

Mezbonlar xavbeki Kevin De Bryoyne jamoadoshi Ruben Diashning goliga hammuallif bo'ldi. U APLda 77-pasni o'z hisobiga yozdirdi va musobaqa tarixidagi eng yaxshi assistentlarning kuchli o'nligiga kirdi. 

9-o'rindagi Devid Bekxem hisobida 80 ta pas bor. Bu borada eng yaxshi ko'rsatkich esa Rayan Giggzga tegishli – 162 assist.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Optus Sport