

De Bryuyne oktyabr oyi oxirida "Inter"ga qarshi o'yinda (3:1) penaltini amalga oshirganidan keyin jarohat olgandi. Keyinroq bu mushakning jiddiy shikastlanishi ekani aniq bo'lib, operaciya va uzoq reabilitaciyani talab qildi.
De Bryuyne tiklanish davrining katta qismini Belgiyada o'tkazdi, ammo o'tgan hafta Italiyaga qaytdi. Jarohat olganidan 128 kun o'tgach, futbolchi umumiy guruhda shug'ullanishni boshladi.
"La Gazzetta dello Sport" ma'lumotlariga qaraganda, o'yinchining jismoniy holati kutilganidan yaxshiroq baholanmoqda. Futbolchi Italiya chempionatidan o'rin olgan "Torino" bilan o'yin qaydnomasiga kiritilishi mumkin.
Yarim himoyachi joriy mavsum A Seriyada 8 ta o'yin o'tkazgan.



