De Bryuyne - Messining "Man Siti"ga o'tmasligi haqida: "Yig'lashim kerakmi?"

Mirjalol Normatov
12 sen 2020
"Manchester Siti" yetakchisi Kevin De Bryuyne "Barselona" hujumchisi Leo Messining "shaharliklar" tarkibiga o'tmagani haqida gapirdi.

"Bu mening ishim emas. Messi tarkibimizga kelmaganiga yig'lashim kerakmi? U dunyoning eng yaxshi futbolchisi, albatta, u jamoaga katta yordam berardi. Biroq bu haqida o'ylash mening ishimga kirmaydi", - dedi belgiyalik.

Oldinroq Messi "Manchester Siti"ga o'tish ishtiyoqida yurgandi. Muzokaralardan keyin 33 yoshli forvard Kataloniyada qolishni afzal bildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal