De Paul: "Bu ajoyib klub tarixini yozishni davom ettirmoqchiman"

Alisher
29 iyul 2021
Yarim himoyachi Rodrigo De Paul "Atletiko"ga o'tganidan so'ng, klubdagilar uni qanday qabul qilgani haqida gapirdi.

"Bu ulkan klub, ammo bu yerda ishlaydigan odamlar sababli sen oilaning bir qismi ekanligingni his qilasan.

Bu orzularimdan biri edi va amalga oshdi. Men jamoadaman va menga eshiklarini ochgan bu ajoyib klub tarixini yozishda davom etmoqchiman.

Sheriklarim meni yaxshi qabul qilishdi, baxtliman va jamoa hayoti ritmiga moslashishga harakat qilyapman. Jamoada dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri borligi xursand qiladi. Albatta, meni undan o'rganadigan narsalarim ko'p va bu motivaciya beradi.

Bizning futbolni tushunishimiz o'xshash. Jamoadagi raqobat barchamizga yordam beradi, men aynan jamoaga yordam berish uchun shu yerdaman", - deydi De Paul.

Eslatib o'tamiz, Madrid klubi argentinalik xavbek uchun "Udineze"ga 35 million evro to'ladi.



AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com