

"Menimcha, u o'z poziciyasida dunyodagi eng yaxshisi. U agar barcha uchrashuvlarda bo'lmasa, har ikkinchi o'yinda turlicha o'ynaydi. Kuni kecha uning statistikasini ko'rdim – u o'ziga xos o'yinchi, unga o'xshashi yo'q.
U tez-tez to'g'ri qaror qabul qilib turishini tilayman. Har doim ham muvaffaqiyat qozona olmaydi, sababi soatiga 200 kilometr tezlikda harakat qiladi. U juda muhim va men uni juda yaxshi ko'raman. U g'ayrioddiy o'yinchi va men unga ishonaman, menga hech qachon pand bermagan. Usmon klubni tark etishni istamadi, mana u biz bilan", – dedi "Barselona" bosh murabbiyi.



