Denisov Lokomotiv bilan birga Portugaliyada

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2014
Kecha Moskvaning Lokomotiv klubi charter reys bilan Portugaliyaga uchib bordi.
Jamoa Lagushda 22 yanvarga qadar yig'in o'tkazadi. Leonid Kuchuk boshchiligidagi temiryo'lchilar Lagush Esperansa va Olyanense klublariga qarshi nazorat o'yinlarini o'tkazishadi. Hamyurtimiz Vitaliy Denisov ham qisqa muddatli xordiqdan so'ng klub safiga qo'shildi.

Bu yig'inga quyidagi futbolchilar olib ketildi:

Darvozabon: Gilerme, Shirokov, Lobancev, Abaev;

Himoyachilar: Burlak, Chorluka, Mixalik, Dyurica, Vitaliy Denisov, Shishkin, Belyaev, Yanbaev, Serasxov, Liscov;

Yarim himoyachilar: Grigorev, Bussufa, Samedov, Tarasov, Tigorev, Ozdoev, Al. Miranchuk, Tkachev, Diarra, Podberezkin;

Hujumchilar: Maykon, Pavlyuchenko, Kaysedo, Koryan, N’Doye.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fclm.ru