Derbi vaqtida "Real" futbolchisining uyini tunab kyetishdi

Mirjalol Normatov
29 sen 2019
"Real" yarim himoyachisi Kazemironing uyi "Atletiko"da qarshi o'yin vaqtida tunab ketildi.

"El Chiringuito" xabariga ko'ra, o'g'rilar Kazemironing rafiqasi va qizi uyda bo'lib turgan paytda o'g'rilikni amalga oshirishgan. Ular qimmatbaho buyumlar va bir qancha pullarni olib kyetishgan. Hozircha yo'qolgan narsalarning umumiy summasi ma'lum bo'lganicha yo'q.

Ispaniyada futbol o'yinlari vaqtida futbolchilarnig uyini tunash hodisasi ko'payib ketdi. Bunga qadar "Real"ning bir qancha futbolchilarining uyiga ham o'g'rilar kirishgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Chiringuito