Diego Godin: "Inter"dan kyetishim haqidagi gap-so'zlarni eshitib hayratda qoldim"

Alisher
19 iyun 2020
"Inter" himoyachisi Diego Godin Milan klubidan kyetishi haqida gap-so'zlarni rad etdi.

Oldinroq, "Inter"ning asosiy tarkibiga kiritilmayotgan 34 yoshli urugvaylik futbolchiga "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqayotgani borasida xabarlar yangragan edi.

"Haqiqat shundaki, meni "Inter"dan kyetishim borasidagi gap-so'zlar hayron qoldirdi. Bu erga o'tganimdan beri o'zimni a'lo darajada his qilmoqdaman. Mening klub va muxlislar bilan aloqalarim yaxshi", - deydi Godin.

Godin "Inter"ga 2019 yilning yozida o'tgan edi va 2022 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagandi. Bunga qadar esa 9 yil davomida "Atletiko"da o'ynadi.


AlisherMuallif
Manba: corrieredellosport.it