"Dinamo" Vadim Abramov bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
23 dek 2023
Samarqandning "Dinamo" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirmoqda.

Bosh murabbiy Vadim Abramovning klub bilan tuzgan shartnomasi 30 noyabr kuni yakuniga etgan edi. Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Dinamo" Abramov bilan kelishuvni 2024 yil oxiriga qadar uzaytirgan. 

Oldinroq "Dinamo" yanvar oyida Dubayda yig'in o'tkazishi va U-21 jamoasiga Andrey Pyatnickiy murabbiy etib tayinlanishi haqida xabar bergandik



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia