Diyor Imomxo'jaev OFK qo'mitasi a'zosiga aylandi

Narzulla Saydullayev
28 dek 2023
OFK endilikda qitaning yetakchi ligalari faoliyatini ham muntazam tahlil qilib boryapti va musobaqalarni isloh qilish yuzasidan ligalar fikrini ham o'rganyapti.

Shu bo'yicha 2023 yil davomida qitamizda klublar miqyosidagi musobaqalarni isloh qilish yuzasidan o'tkazilgan yig'ilishlarda O'zPFL Bosh direktori Diyor Imomxo'jaev ham ishtirok etib, o'z takliflarini bildirgan edi.

OFK shu kunlarda yangi qo'mitaga asos soldi. Endilikda Osiyoda klublar futbolini isloh qilish, professional futbolni targ'ib qilish va klublar bilan ish jarayonini yanada yaxshilash bo'yicha OFK Professional futbol qo'mitasi ish olib boradi va O'zPFL Bosh direktori Diyor Imomxo'jaev mazkur qo'mita a'zosi etib tayinlandi. Mazkur qo'mita raisi sifatida yaqin o'tmishning mashhur futbolchisi - Pak Ji Sun faoliyat yuritadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia