YCHL. 27 yil ichida ilk bor guruh bosqichida turk klublari bo'lmaydi

Eldor Akmurzayev
25 avg 2022
Chempionlar Ligasi 2022/23 yilgi mavsum guruh bosqichida qatnashadigan barcha jamoalar ma'lum bo'ldi.

Saralash bosqichida “Trabzonspor” ikki o'yin natijasiga ko'ra “Kopengagen”ga, “Fenerbahche” esa “Dinamo K”ga mag'lub bo'ldi. Shunday qilib, 1995/96 yilgi mavsumdan beri ilk bor YCHL guruh bosqichida turk klublari bo'lmaydi.

Qayd etish joizki, bu mavsum finali Istanbulda o'tadi. Guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi esa bugun Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru