YCHL. Bugun "Liverpul" - "Bavariya" va "Lion" - "Barselona" o'yinlari bo'ladi

Narzulla Saydullayev
19 fev 2019
Bugun Yevropa chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki o'yinlari davom ettiriladi.

Yurgen Klopp boshchiligidagi "Liverpul" "Enfild"da Germaniya chempioni "Bavariya" klubini qabul qiladi. Ikkala jamoa safida ham bir qator yo'qotishlar bor. Mezbonlar safida van Deyk, mehmonlar tarkibida Myuller diskvalifikaciya sabab bugun maydonga tusha olishmaydi. Bundan tashqari Oksleyd-Chemberlen, Aren Robben, Jerom Boateng kabi futbolchilarni ham bugun o'yinda ko'rmaymiz.

Fransiyada esa "Lion" Ispaniya chempioni "Barselona" klubini qabul qiladi. Mezbonlarning asosiy hujumchisi Nabil Fekir diskvalifikaciya tufayli jamoadoshlariga yordam bera olmaydi.


Taxminiy tarkiblar:

"Liverpul" - "Bavariya"

"Liverpul":
Alisson; Aleksander-Arnold, Fabino, Matip, Robertson; Xenderson, Milner, Veynaldum, Salax; Firmino, Mane
O'ynamaydi: van Deyk (diskvalifikaciya), Gomes (jarohat), Oksleyd-Chemberlen (jarohat)
So'roq ostida: Lovren, Firmino, Shakiri

"Bavariya": Noyer; Kimmix, Zyule, Xummels, Alaba; Gorecka, Tyago; Gnabri, Xames, Koman; Levandovski
O'ynamaydi: Robben (jarohat), Myuller (diskvalifikaciya), Boateng (kasal), Tolisso (jarohat)
So'roq ostida: Koman





"Lion" - "Barselona"

"Lion":
Lopesh; Dyubua, Marselo, Denayer, Mendi; Tusar, Ndombele; Traore, Depay, Auar; Dembele
O'ynamaydi: Fekir (diskvalifikaciya), Guyri (jarohat)
So'roq ostida: Denayer, Ndombele

"Barselona": ter Stegen; Semedu, Pike, Langle, Alba; Rakitich, Buskets, Vidal; Dembele, Messi, Suares
O'ynamaydi: Rafinya (jarohat), Sillessen (jarohat), Artur (jarohat), Vermalen (jarohat)



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia