YCHL. "Tobol" musobaqani tark etdi, Sergeev gol urdi

Оқил Абдубарноев
14 iyul 2022
YCHL 1-saralash bosqichidan o'rin olgan "Ferencvarosh" - "Tobol" uchrashuvi yakunlandi.

Eslatib o'tamiz, mazkur qarama-qarshilikning ilk to'qnashuvida hisob ochilmagandi. Vengriyada o'tgan javob bahsida esa mezbonlar dastlabki 21 daqiqada uchta to'p kiritib, keyingi bosqich masalasini deyarli hal qilib qo'ydi. Tobol"ning o'zbekistonlik hujumchisi Igor Sergeev 23-daqiqada hisobni qisqartirganiga qaramay, mezbonlar ustunlikni qo'ldan boy berishmadi hamda ikkinchi bo'limda yana ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qilishdi. Yakuniy hisob - 5:1, "Ferencvarosh" foydasiga. Vengriya klubi ikkinchi bosqichga yo'l oldi, "Tobol" esa musobaqa bilan xayrlashdi. Hamyurtimiz Igor Sergeev boshlang'ich tarkibda maydonga tushirildi va 75-daqiqada zaxiraga olindi.


"Ferencvarosh" – "Tobol" 5:1 (3:1, 2:0)

Gollar: 1:0 – 4 Traore, 2:0 – 17 Traore, 3:0 – 21 Laiduni, 3:1 – 23 Sergeev, 4:1 – 74 Bassi, 5:1 – 90 Bassi.

Ferencvarosh – Dibus, Kovachevich (Knuster, 83), Chivich, Mmae, Uingo, Esiti (Lonchar, 75), Sakariassen (Merse, 83), Laiduni, Ngen (Auski, 68), Boli (Bassi, 69), Traore.

Tobol – Tomashevich, Malyy, Mokin, Amanovich, Kairov, Toshich (Jaksylykov, 78), Brijidu (Vukadinovich, 75), Tagybergen, Yovanchich, Jarynbetov (Mujikov, 68), Sergeev (Deble, 75).

Ogohlantirishlar: Kovachevich (56), Mujikov (78).

Chetlatish: Mujikov (81).


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia