YCHLda o'ynagan o'zbekistonliklarni yodga olamiz, Jaloliddinov navbatdagisi(mi?)

Eldor Akmurzayev
25 iyul 2020
Avvalroq, “Bunyodkor”ning yosh iqtidorli futbolchisi Jasur Jaloliddinov Moskvaga “Lokomotiv” bilan shartnoma imzolash uchun borgani haqida ma'lumot bergandik.

“Temiryo'lchilar” RPL yakunlangan mavsumida 2-o'rinni eglladi va YCHL 2020/21 yilgi mavsumiga yo'llanmani to'g'ridan-to'g'ri qo'lga kiritdi. Transfer rasman amalga oshadigan bo'lsa, Jaloliddinov ko'hna qitaning nufuzli musobaqasida o'ynash imkoniga ega bo'lishi va bunga erishgan kam sonli o'zbekistonlik futbolchilar qatoridan joy olishi mumkin. Demak, ularni esga olamiz.

Oleg Pashinin – “Lokomotiv” safida

YCHL final raundi – 17 ta o'yin

YCHL kvalifikaciya bosqichi – 7 ta o'yin

Vladimir Maminov – “Lokomotiv” safida

YCHL final raundi – 26 ta o'yin (2 ta gol)

YCHL kvalifikaciya bosqichi – 10 ta o'yin

Aleksey Nikolaev – “Aktobe” safida

YCHL kvalifikaciya bosqichi – 2 ta o'yin, 1 ta gol

Mirjalol Qosimov – “Spartak Alaniya” (Vladikavkaz) safida

YCHL kvalifikaciya bosqichi – 1 ta o'yin

Maksim Shackix – “Dinamo” (Kiev) safida

YCHL final raundi – 45 ta o'yin (11 ta gol, 2 ta pas)

YCHL kvalifikaciya bosqichi – 22 ta o'yin (10 ta gol, 1 ta pas)

Aziz Ibragimov – “Spartak” (Yurmala) safida

YCHL kvalifikaciya bosqichi – 2 ta o'yin

Sefer Alibaev – “Tavriya” (Simferopol) safida

YCHL final raundi – 2 ta o'yin

YCHL kvalifikaciya bosqichi – 1 ta o'yin

Jafar Irismetov – “Spartak” (Moskva), “Slaviya-Mozir”, “Qayrat” jamoalari safida

YCHL final raundi – 4 ta o'yin

YCHL kvalifikaciya bosqichi – 3 ta o'yin

Viktor Karpenko – “Qayrat” safida

YCHL kvalifikaciya bosqichi – 2 ta o'yin

Fevzi Davletov – “Irtish” (Pavlodar) safida

YCHL kvalifikaciya bosqichi – 1 ta o'yin

Bahodir Nasimov – “Neftchi” (Boku) safida

YCHL kvalifikaciya bosqichi – 3 ta o'yin

Timur Kapadze – “Aktobe” safida

YCHL kvalifikaciya bosqichi – 3 ta o'yin (1 ta gol)

Nikolay Turchinenko – “Tavriya” (Simferopol) safida

YCHL final raundi – 2 ta o'yin

YCHL kvalifikaciya bosqichi – 2 ta o'yin

Georgiy Georgiev – “Levski” (Sofiya) safida

YCHL kvalifikaciya bosqichi – 1 ta o'yin


Sergey Andreev – “Tavriya” (Simferopol) safida

YCHL kvalifikaciya bosqichi – 1 ta o'yin


+BONUS

Aleksandr Geynrix – SSKA safida

YCHL kvalifikaciya bosqichi – qaydnomadan joy olgan, lekin maydonga tushmagan

YCHL 2020/21 YILGI MAVSUM – KUTILMOQDA...


Eldor Akmurzaev tayyorladi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia