Edegor Xoland bilan birga "Real"da o'ynashni xohlashini aytdi

Alisher
2 iyun 2021
"Real" va Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisi Martin Edegor vatandoshi Erling Xoland bilan "qirollik klubi"da o'ynashni xohlashini aytdi.

"Albatta, men Erling bilan "Real"da o'ynashni xohlayman. Men bir oz kelajagi borasida so'radim, ammo u bu haqda kam gapiradi. Har ehtimolga qarshi, menda bu borada siz bilan bo'lishadigan narsa yo'q", - deydi Edegor.

Xoland 2020/21 yilgi mavsum "Borussiya" (Dortmund) libosida 41ta gol va 12ta assist qayd etdi.

Transfermarkt 20 yoshli norvegni 110 million evroga baholamoqda. Futbolchiga Yevropaning top-klublari, jumladan "Real" qiziqish bildirmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Football.london