Emeri: "Arsenal" chetlatishgacha o'yinni boshqarayotgan edi"

Aslanov Jasurbek
8 mar 2019
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri "Renn"ga qarshi Yevropa ligasi 1/8 final ilk uchrashuvidagi mag'lubiyat (1:3) haqida fikr bildirdi.

"Arsenal" chetlatishgacha o'yinni nazorat qildi. Birinchi 40 daqiqa hammasi uchrashuvni boshqarayotgan edik, ammo keyin hammasi o'zgardi.

Bu birinchi uchrashuv natijasi. 3:1 biz uchun og'ir hisob, ammo keyingi bahsni teng tarkib bilan boshlaymiz. Biroq o'yinimizga o'zgartirish kiritishimiz kerak, "Arsenal" futbolchilariga ishonaman. Muxlislar biz uchun ajoyib atmosfera yaratadi deb umid qilaman" - deydi ispaniyalik mutaxassis.

"Arsenal" hamda "Renn" o'rtasidagi javob uchrashuvi 14 mart kuni "Emireyts" stadionida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: arsenal.com