Endi Jey-Ligada Pikachu bo'ladi

Eldor Akmurzayev
18 iyul 2022
Braziliyaning “Fortaleza” jamoasi yarim himoyachisi Yago Pikachu faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.

30 yoshli futbolchi “Simidzu S-Pals” bilan 2024 yil oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Sidzuokaliklar Yaponiya yuqori divizioni joriy mavsum 22 turidan keyin 20 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda.

U yakunlangan mavsum klub libosida 42 bahsda qatnashib, 15+7 natijaga erishdi. Xavbek “Fortaleza”dan tashqari, “Paysandu” hamda “Vasko da Gama” jamoalari safida o'ynagan. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia