Erik Abidal: "Barselona" uch turnirda g'olib bo'lishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
23 apr 2015
"Barselona" sobiq himoyachisi Erik Abidalning takidlashicha, Kataloniya klubi o'z ishtirok etayotgan barcha turnirlarda g'olib chiqa oladi.

"Ayni damda "Barselona" juja yaxshi holatda. Buni PSJga qarshi o'yin ham isbotlab berdi. Kataloniyaliklar har yili Chempionlar ligasida favorit. "Barselona" finalgacha yetib boradi deb umid qilaman. Klub o'z olidga eng yuqori maqsadlarni qo'yadi. "Bavariya" esa bu turnirning eng kuchli jamoasi bo'lib qoladi. Ammo "Barselona" uch turnirda g'olib bo'lishi mumkin. Agar Kataloniya klubi yarim finalda "Bavariya"ga to'qnash kelsa, "Barselona" bor kuchini ishga solishiga to'g'ri keladi" - deydi Abidal.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru