Ernanes: "Yuventus"ga ko'proq foyda keltira olaman"

Aslanov Jasurbek
20 may 2016
"Yuventus" yarim himoyachisi Ernanes Turin klubi safidagi o'zining birinchi mavsumi haqida so'zlab berdi.

"Yuventus"ga o'tganimdan mamnunman va jamoaga ko'proq foyda keltirishim mumkin.

Joriy mavsumda futbolchi sifatida o'sishga erishdim. O'z xohishim bilan hayotimni, shahrimni, odatlarimni, o'yin uslubim va maydondagi rolimni o'zgartirdim. Turin men va oilam uchun ideal shahar. "Yuventus"da faoliyatimni davom ettirishga umid qilaman" - deydi Ernanes.

Ernanes o'tgan yozda 13 mln. evro evaziga "Inter"dan "Yuventus"ga o'tgan edi. Futbolchi "Keksa sinora" safida 23 ta o'yin o'tkazdi va 1 ta gol urib, 1 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com