Eronlik futbolchi Belgiya klubiga o'tdi

Xayrulla Xoliqov
18 iyul 2019
Eron terma jamoasi yarim himoyachisi Milad Mohammadi faoliyatini Belgiyada davom ettiradi.

U Belgiyaning "Gent" klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 25 yosh futbolchi Rossiyaning "Axmat" klubidan erkin agent sifatida o'tdi. 

Milad Mohammadi "Seltik"ka o'tishga tayyorgarlik ko'rayotgandi, biroq so'nggi pallada vaziyat o'zgarib Belgiyaga yo'l oldi. Mohammadi o'tgan yil JCH-2018 hamda bu yil Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida ishtirok etdi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com