Eshitdik-da! Babayan kelgach, Sanjar Tursunov "Lokomotiv"ni tark etdi

Tolibjon Qosimov
3 noya 2024
Biroz avval saytimizda Samvel Babayan Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi bo'lgani haqida ma'lumot bergan edik.

Eshitdik-da! Samvel Babayan - "Lokomotiv" bosh murabbiyi!

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, Samvel Babayan kelgach, "Lokomotiv" sardori Sanjar Tursunov jamoani tark etgan. 1 noyabr kuni "Nasaf"ga qarshi bahsda "temiryo'lchilar"ni sardorlik bog'ichi bilan maydonga boshlab tushgan Tursunov uchun o'sha uchrashuv katta ehtimol bilan "Lokomotiv"dagi so'nggisi bo'lib qoladi endi.


Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Tursunov joriy mavsum Superligada 20ta bellashuvda maydonga tushgan va bitta gol urib, 5ta assist bergan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia