Eshpiritu Santu "Tottenxem" vakillari bilan uchrashdi

Mirjalol Normatov
25 iyun 2021
"Tottenxem" bosh murabbiyligi uchun Nunu Eshpiritu Santu asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, garchi tomonlar bir marta muvaffaqiyatsiz muzokaralar o'tkazgan bo'lsa-da, murabbiy "shporlar"ni boshqarishni istamoqda. Shu boisdan u klub prezidenti Daniel Levi hamda klubning yangi sport direktori Fabio Paratichining takliflarini o'ylab ko'rishga tayyor turibdi.

Eshpiritu Santu 4 yildan buyon Angliyada ishlamoqda. O'tgan mavsumda uning qo'l ostidagi "Vulverxempton" APLda 13-o'rinni egalladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail