"Everton" Malen uchun "Arsenal" bilan kurashadi

Alisher
28 sen 2020
PSV forvardi APLga yo'l olishi mumkin.

PSV hujumchisi Doniell Malen Angliya Premer-ligasi klublari e'tiborini tortdi. "Everton" va "Arsenal" yosh vunderkind uchun kurashadi.

Transfermarkt 21 yoshli niderlandiyalik futbolchini 25 million evroga baholamoqda. Malen joriy mavsum Erediviziya doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Futbolchi 2019 yildan beri Niderlandiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports