Evro-2020. Vengriyaga qarshi o'yindan avval Germaniyada yo'qotishlar

Omonjon To`xtamirzayev
23 iyun 2021
Germaniya terma jamoasi futbolchilari Serj Gnabri, Leon Gorecka va Kay Xaverc Vengriyaga qarshi Yevropa chempionati doirasida 3-tur o'yinini o'tkazib yuboradi.

Yoaxim Lyov bugungi bellashuvda Serj Gnabri, Leon Gorecka va Kay Xaverc xizmatlaridan foydalana olmaydi. 

Ushbu futbolchilarning o'yindan avval COVID-19"ga topshirgan testi javobi shubhali chiqqan va kasallika ehtimoliy chalinish sabab, sportchilar bir haftani o'tkazib yuborishadi.

Ismi aytib o'tilgan futbolchilar 29 iyunga qadar izolyaciyada bo'lishadi va yakka tartibda shug'ullanishadi. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Myuller va Klostermann Vengriyaga qarshi o'ynamasligi mumkin ekanligi haqida xabar berilgandi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru