Yevropa ligasi. Ahmedovning jamoasi durang bilan boshladi

Yevropa ligasi "H" guruhida ishtirok etayotgan "Lill" hamda "Krasnodar" o'rtasidagi bellashuv bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Odil Ahmedov tup suradigan Rossiyaning "Krasnodar" jamoasi mehmonda Fransiyaning "Lill" klubi bilan kuch sinashdi. Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Odil Ahmedov o'yinning 35-daqiqasida jamoadoshi Labordeni qulay vaziyatga chiqardi va bellashuvda hisob ochildi, 0:1. Lekin "Krasnodar" uchrashuv so'nggiga qadar g'alabani o'z qo'lida ushlab qola olmadi.

"Lill" himoyachisi Ker 63-daqiqa hisobni tenglashtiruvchi golni urishga muvaffaq bo'ldi, 1:1.

Shu tariqa "Krasnodar" Yevropa ligasini durang bilan boshladi.

Yevropa ligasi, 1-tur.

"H" guruhi.


"Lill" Fransiya – "Krasnodar" Rossiya 1:1

Stad Per Morua


Gollar
: 0:1 – 35 Laborde, 1:1 – 63 Ker.

"Lill": Enema, Suare, Ker, Basha, Korshya, Lopesh, I. Guye, Mavuba (Delaplas, 46), Balmon (Mendesh, 77), Ru (M. Fray, 46), Oriji.

"Krasnodar"
: Dikan, Sigurdsson, Grankvist, Endjeychik, V.Kaleshin, Izmaylov (V.Bistrov, 69; Burmistrov, 86), Gazinskiy, Laborde (Vanderson, 70), Ahmedov, Pereyra, Ari.

Ogohlantirishlar: Grankvist (19), Gazinskiy (62), V.Bistrov (79), Endjeychik (84).


Manba: championat.asia