Fabino "Liverpul"ning umumiy guruhida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda

Alisher
2 noya 2021
"Liverpul" yarim himoyachisi Fabino tizzasidagi jarohatidan so'ng umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qaytdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Futbolchi 3 noyabr kuni "Atletiko"ga qarshi Chempionlar Ligasi guruh bosqich 4-tur doirasidagi o'yinda ishtirok etishi mumkin.

28 yoshli braziliyalik futbolchi tizzasidagi jarohat sabab 3 o'yinni o'tkazib yubordi, ammo tiklandi va mashg'ulotlar jarayonlarini davom ettirmoqda.


AlisherMuallif
Manba: liverpoolfc.com