Fabricio Romano: "Yozda Frimpongning narxi 40 million bo'ladi"

Omonjon To`xtamirzayev
4 dek 2023
"Bayer" futbolchisi Jeremi Frimpong qator top klublar qiziqishiga sabab bo'layotganidan xabaringiz bor.

Joriy mavsum Bundesliganing 18 o'yinida maydonga tushgan Jeremi 6 ta gol urdi va 6 ta uzatma etkazib berdi.

Avvalroq, Angliyaning "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari Frimpong atrofidagi vaziyatni o'rganib chiqayotgani xabar qilingandi. 

Mashhur insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 2024 yil yozida Jeremining transfer narxi 40 million evroni tashkil qiladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо