Facebook CHL o'yinlarini ko'rsatish huquqini sotib oldi

Aslanov Jasurbek
16 avg 2018
Facebook ijtimoiy tarmog'i Lotin Amerikasi hududida Chempionlar ligasi o'yinlari translyatsiya huquqini sotib oldi.

Kelishuv 3 mavsumga mo'ljallangan. Ijtimoiy tarmoq har mavsum turnirning 32ta o'yinini namoyish etadi.

Ushbu kelishuvga ko'ra, ispan tilida gaplashadigan Lotin Amerikasi davlatlari aholisi translyatsiyani tomosha qilishi mumkin. Uchrashuvlar UEFAning "Facebook"dagi sahifasida namoyish etiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA