

“Shporlar”ning yagona goliga Son Xyon Min mualliflik qildi. Bu koreyalik futbolchi uchun APL joriy mavsumidagi 11-gol bo'ldi. Uning sherigi Harri Keyn hisobida esa hozirda 9 ta gol mavjud. Londonliklar APLda joriy mavsum hozirgacha 25 ta gol urgan. Shu tariqa Son va Keynning gollardagi ulushu 80 foizni (20 ta gol) tashkil etmoqda.



