Farruh Sayfiev Turkmaniston bilan bahsda darvozabonga atayin jarohat etkazdimi?

Aslanov Jasurbek
3 sen 2025
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Farruh Sayfiev Turkmanistonga qarshi kechgan bahsdagi vaziyat haqida gapirib berdi.

Eslatib o'tamiz, 2:1 hisobida yakun topgan uchrashuv vaqtida Sayfiev to'p uchun kurashda raqib darvozaboni yuziga tepib yubordi va qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Posbon ham uchrashuvni davom ettira olmadi va almashtirildi.

"Atayin qilganim yo'q, to'pga harakat qilayotgan edim. Kiyinish xonasida darvozabonning o'zidan kechirim so'radim" - dedi Sayfiev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia