FIFA g'amxo'r, hamma qatori bizni ham o'ylaydi

Xayrulla Xoliqov
6 sen 2020
Koronavirus pandemiyasi jahon futboli rivojiga ham zarba bergani rost.

Buning natijasida ko'p joylarda klublar inqirozga yuz tutgani haqida o'qidik. Shunday bo'ldiki, hatto maosh berishning o'zi qiyinlashib qoldi. Vaziyat tobora jiddiylasha boshladi. Bu orada FIFA yig'ilish o'tkazib tashkilotga a'zo barcha assotsiatsiyalarga moliyaviy ko'mak berishga qaror qildi. Keyin esa turli xabarlar tarqaldi. 

31 mart kuni chiqqan xabar: "FIFA pandemiya tufayli og'ir kunlarni o'tkazayotgan klublar va ligalarni qo'llash uchun moliyaviy yordam beradi"

"Pandemiya sabab qiyin iqtisodiy holatni boshdan kechirayotgan klublarni qo'llab-quvvatlash maqsadida FIFA moliyaviy ko'mak beradi. Buning uchun tashkilot o'z imkoniyatidan kelib chiqib maxsus fond tashkil etadi. "Biz dunyodagi vaziyatdan xabardormiz. Ko'p klublar va futbolchilar aziyat chekayotganini bilamiz. Bunday og'ir pallada FIFA hammaga yordam ko'rsatishga tayyor", deydi FIFA vakili".

Manba: Sports.ru


30 iyul kuni chiqqan xabar: "FIFA moliyaviy yordam rejasini tasdiqladi"

"Xalqaro futbol tashkiloti FIFA pandemiya paytida assotsiatsiyalar qiynalib qolmasligi uchun moliyaviy yordam ko'rsatishga qaror qildi. Buning natijasida FIFAga a'zo 211 mamlakatning har biri 1,5 million dollarlik grantni qo'lga kiritadi. Pullar quyidagicha taqsimlanadi: 1 million dollar erkaklar futboliga, 500 ming dollar ayollar futboliga. Bundan tashqari har bir assotsiatsiya 5 million dollargacha foizsiz kredit olishi mumkin. Umumiy hisobda FIFA pandemiya paytida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz uchun 1,5 milliard dollar ajratgan. FIFA pullar to'g'ri yo'lga sarf qilinayotganini diqqat bilan kuzatib boradi. Buning uchun maxsus qo'mita tashkil qilinadi. Bundan tashqari har bir assotsiatsiya moliyaviy yordam puli nimalarga sarflanishini aniq raqamlar bilan ko'rsatib berishi shart". 

Manba: euronews.com


30 iyul kuni chiqqan xabar: "FIFA Tojikistonga moliyaviy yordam sifatida 2 million dollar beradi" 

"FIFA koronavirus pandemiyasi sabab inqiroz holatida qolgan assotsiatsiyalarning har biriga 2 million dollardan pul beradi. Bu pullarning 1 million dollari erkaklar futboliga, 500 ming dollar ayollar futboliga sarflanadi. Bundan tashqari FIFA har bir konfederatsiyaga 2 million dollardan pul yordam qiladi. Ajratilgan pullar birinchi navbatda ligalarni saqlab qolish hamda klublarga moddiy yordam sifatida sarflanadi. Shuni aytish lozim, ancha oldin FIFA keyingi 10 yillik uchun jahon futboli rivojiga 4 milliard dollar ajratishini ma'lum qilgandi".

Manba: euctj.org


31 iyul kuni chiqqan xabar: "FIFA Qirg'iziston futboli uchun 1,5 million dollar ajratadi"

"Xalqaro futbol tashkiloti FIFA 30 iyul kuni har bir hududiy assotsiatsiyaga 1,5 million dollar grant ajratilishi haqida ma'lum qildi. FIFA taqdim etadigan grantdan tashqari har bir sport tashkiloti 5 million dollargacha foizsiz kredit olishi mumkin. Shuni alohida takidlash kerakki, ushbu moddiy yordam koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan iqtisodiy iniqroz tufayli ajratiladi. FIFAga tegishli 211ta assotsiatsiya erkaklar futboli uchun 1 million dollar miqdorida grant oladi. Qo'shimcha 500 ming dollar ayollar futboli uchun olinadi. FIFA prezidenti Janni Infantino barcha federatsiyalar koronavirus tufayli qiynalib qolganini ma'lum qildi va shu orqali FIFA moliyaviy yordam ko'rsatishga tayyor ekanini aytib o'tdi. FIFA beradigan pullar birinchi navbatda professional ligalar va klublarni saqlab qolish uchun yo'naltiriladi.

Manba: centralasia.news


FIFA O'zbekistonga ham yordam beradimi?

Yuqoridagi xabarlar orasida yon qo'shnilarimiz Tojikiston va Qirg'izistonga ham FIFA moliyaviy yordam ko'rsatishini ko'rdik. Lekin negadir FIFA O'zbekiston futboliga ham yordam beradi degan xabar chiqmadi. Yoki chiqib men o'tkazib yubordimmi. Balki shundaydir. Agar chiqmagan bo'lsa, nega biznikilar shunaqa xabarlarni baralla aytishdan cho'chishadi? Umuman olganda FIFA barcha assotsiatsiyalarga pul beramiz degan va ular orasida O'FA ham bor. Faqat O'FA bu pullarni qanday taqsimlashi qiziq. 


Pullar qachon beriladi? 

Aslda ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol ham shu. FIFA rasmiy saytida 29 iyul kuni shu haqda xabar chiqqan. Xabarda shunday deyiladi: "FIFA qo'mitasi milliy assotsiatsiyalarga moliyaviy ko'mak berish maqsadida aniq reja ishlab chiqdi va bu rejaga ko'ra jami 1,5 milliard dollar yordam puli ajratiladi. 25 iyun kuni bo'lib o'tgan FIFA qo'mitasi yig'ilishida bu borada yakuniy to'xtamga kelingan. 

Pullarni tarqatish taqsimlab amalga oshiriladi. Ma'lum bo'lishicha, 1 million dollardan 500 ming dollari shu yilning iyul oyida barcha assotsiatsiyalarga tarqatib bo'lingan. Qolgan 500 ming dollar 2021 yilning yanvar oyida beriladi. Ayollar futboli uchun ajratilgan 500 ming dollar esa iyul oyida berib bo'lindi.

Lekin shuni unutmaslik lozim, har bir assotsiatsiya FIFA beradigan pulni aynan nimalarga sarflashini tiyin-tiyinigacha ko'rsatib berishi shart. Bundan tashqari ushbu yordam puli birinchi navbatda ichki chempionatlar va klublar faoliyatini saqlab qolishga ajratilgan. 

Shu tomondan kelib chiqib aytaylik, O'FA O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan PFL ro'yxatidagi klublarga (erkaklar va ayollar jamoalari, futzal jamoalari) FIFAning yordam pulini qanday tartibda bo'lib beradi? O'zi bu pullar klublarga beriladimi? Va berilsa kim qancha mablag'ga ega bo'ladi? 

X.Xoliqov.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia