Figu Messining Barselonadan Realga o'tish imkoniyatlari haqida gapirdi

Qirollik klubining sobiq yarim himoyachisi Luish Figu “Barselona” yetakchisining Madridga ko'chib o'tishi haqidagi gap-so'zlarga o'z munosabatini bildirdi.

“Men singari Messi ham “Barselona”da “Real”ga o'tishi mumkin? Messining tovon pulini ushbu yilda hech bir klub to'lashga qodir emas. Ayni paytda transfer bozorida u qadar katta transferlar amalga oshishi qiyin masala. O'ylashimcha,  Messining tovon pulini to'lash har qanday klubga og'irlik qiladi, deyarli imkonsiz masala bu. Menimcha, 20 yil ilgari men bilan sodir bo'lgan voqea yana takrorlanmaydi”, deya Figuning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda As.


Manba: As