"Fiorentina" Artur Melo uchun 20 mln evro to'lamaydi

Alisher
24 mar 2024
"Fiorentina" "Yuventus"dan ijaraga olingan Artur Meloni xarid qilmaydi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, klub 27 yoshli braziliyalikni 20 million evroga xarid qilish bandini faollashtirmaydi.

Shunday ekan, Melo iyunda Turinga qaytadi, shundan so'ng uning taqdiri ma'lum bo'ladi.

Artur Melo joriy mavsum "Fiorentina" tarkibida 34ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano