“Fiorentina” “Real” forvardini to'liq sotib olishga qaror qildi

Eldor Akmurzayev
5 iyul 2022
“Real” hujumchisi Luka Yovich “Fiorentina”ga o'tmoqda.

Oldinroq Yovich A Seriya klubiga ijaraga berilishi aytilgandi, ammo tomonlar futbolchining sotuvi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Yovich yangi klubi bilan 2+2 ko'rinishida shartnoma imzolaydi. Madridliklar uning keyingi sotuvidan 50 foiz mablag'ni qo'lga kiritadi.

“Real” 24 yoshli serbiyalikni 2019 yil “Ayntraxt”dan 63 mln evro evaziga xarid qilgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia