"Flamengo" "Inter" futbolchisi bilan muzokara olib bormoqda

Alisher
23 may 2022
"Inter" yarim himoyachisi Arturo Vidal yozda klubdan kyetishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 35 yoshli chililik futbolchi yangi klub izlamoqda. O'yinchi "Flamengo" bilan muzokara olib bormoqda.

Milan klubini yana bir chililik futbolchi - Aleksis Sanches ham tark etadi.

Vidal 2021/22 yilgi mavsum 41ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano