Flik: “Bavariya” o'z o'yinini ko'rsata olsa, finalda g'olib chiqishimiz mumkin”

“Bavariya” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik YCHL final bellashuvida PSJga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Biz o'zimizning barcha ijobiy jihatlarimizni ko'rsatib, o'z o'yinimizni o'ynashga harakat qilamiz. Agar buni uddasidan chiqa olsak, finalda g'olib chiqishimiz mumkin. 

PSJ  bu  yilgi YCHLda atigi beshta gol o'tkazgan – bu turnirda qatnashgan jamoalar orasida eng yaxshi ko'rsatkich. Bu ularning himoya chizig'i, hujum chizig'i singari a'lo darajadada harakat qilayotganidan darak beradi. O'yinga ishlab chiqqan rejamiz bor va umid qilamanki, biz uni amalga oshira olamiz”, deya Flikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.


Manba: УЕФА расмий сайти