Flik – "Yil odami" (Kicker)

"Kicker" nashri "Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning 2020 yilda erishgan yutuqlarini etirof etdi.

55 yoshli mutaxassis nemis jurnali tomonidan "Yil odami" deb topildi. Germaniyalik mutaxassis joriy yilda "Bavariya" bilan 5 ta sovrin, jumladan, Bundesliga va Chempionlar Ligasini qo'lga kiritdi.

O'tgan yili ushbu nominaciyani "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp qo'lga kiritgan edi.    


Manba: Kicker